Java dengizi
Qiyofa
| Java dengizi | |
|---|---|
| | |
| Yuzasi | 552 000 km2 |
| Oʻrtacha chuqurligi | 111 m |
| Eng katta chuqurligi | 1 272 m |
| Suv hajmi | 61 000 km3 |
Java dengizi (indonezcha: Laut Jawa, javacha: Segara Jawa) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi dengiz, Sumatra, Java va Kalimantan orollari oraligʻida. Qirgʻoqlari baʼzi joylarda marjon riflari bilan oʻralgan. Maydoni 552 ming km². Eng chuqur joyi 1272 m. Suvining yuza qismidagi temperaturasi 27—28°. Shoʻrligi 31,5—34°/00. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 2 m gacha). Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Yirik portlari: Jakarta, Semarang, Banjarmasin.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |