Mezoderma
Qiyofa
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mezoderma (yun. mezo – oʻrta va derma – teri) – gʻovaktanlilar va boʻshliqichlilardan tashqari hamma koʻp hujayrali hayvonlar homilasi rivojlanishining gastrula bosqichida hosil boʻladigan oʻrta qavati. Hayvonlarda mezoderma har xil yoʻl bilan vujudga keladi. Embrional rivojlanishda mezoderma varaqlari oraligʻida selom hosil boʻladi va mezoderma somitlar (segmentlar)ga ajraladi. Keyinchalik har bir somitdan muayyan toʻqima va organlar rivojlanadi. Masalan, miotomlardan – koʻndalang-targʻil muskullar, dermatomlardan – teri, sklerotomlardan – togʻay va suyaklar hosil boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |