Kontent qismiga oʻtish

Timeless

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Timeless“
The Weeknd va Playboi Carti singli
Hurry Up Tomorrow albomidan
Chiqarilgan sanasi 2024-yil 27-sentabr
Studiya
  • Other Island (Miami Beach)
  • Louis Vuitton (Parij)[1]
Janr
  • trap
Davomiyligi 4:16
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Pharrell Williams
  • Ojivolta
  • Mike Dean
  • Twisco
  • BbyKobe
  • BL$$D
The Weeknd xronologiyasi
"Dancing in the Flames"
(2024)
"Timeless"
(2024)
"São Paulo"
(2024)
Playboi Carti xronologiyasi
„All Red“
(2024)
"Timeless"
(2024)
"Blick Sum"
(2025)
Klipi
„Timeless“ YouTubeda

„Timeless“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda amerikalik repper Playboi Carti ijrosidagi qoʻshiqdir. U 2024-yil 27-sentabrda XO va Republic Records leyblari orqali The Weekndning oltinchi studiya albomi Hurry Up Tomorrow (2025) ning bosh singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Pharrell Williams, Mike Dean, Ojivolta va Jarrod „Twisco“ Morgan tomonidan prodyuserlik qilingan. Asar tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan va tijoriy jihatdan katta muvaffaqiyat qozongan: u AQShning Billboard Hot 100 chartida uchinchi, Billboard Global 200 reytingida esa sakkizinchi oʻringacha koʻtarilgan hamda 15 ta mamlakatda kuchli oʻntalikka kirgan. 2025-yil 9-mayda chiqqan remiks versiyada amerikalik repper Doechii ham ishtirok etgan.

Tarixi va targʻib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Weeknd va Playboi Carti ilk bor amerikalik qoʻshiqchi Madonna bilan birgalikda yozilgan „Popular“ qoʻshigʻida hamkorlik qilishgan. Ushbu trek dastlab The Idol serialining bekor qilingan saundtrek albomining bir qismi sifatida chiqarilgan edi[2]. Hamkorlikdan soʻng, The Weeknd, u va Carti qoʻshiqda hamda yozuv jarayonlarida birgalikda yaratgan ishini yuqori baholadi[3]. 2024-yil 26-avgust kuni Playboi Carti oʻzining Instagram sahifasida The Weeknd bilan FaceTime orqali suhbatlashayotgan suratini joylashtirib, ikkinchi hamkorlikka ishora qilgan[4].

7-sentabr kuni Braziliyaning São Paulo shahrida boʻlib oʻtgan bir kechalik konsertida The Weeknd oʻsha paytda hali chiqmagan Hurry Up Tomorrow albomidan sakkizta qoʻshiqni ijro etdi. Ular orasida „Timeless“ning jonli ijrosi va Travis Scott hamda Cartining „Fein“ qoʻshigʻi bilan The Weekndning „Until I Bleed Out“ trekini birlashtirgan medley ham bor edi[5][6][7]. Konsertdan soʻng The Weeknd albomning bosh singli sifatida taqdim etilishi moʻljallangan „Dancing in the Flames“ qoʻshigʻini taqdim etdi[8]. 25-sentabr kuni u „Timeless“ klipidan olingan kadrni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi[3] va qoʻshiq 27-sentabr kuni albomning ikkinchi singli sifatida chiqishini ham tasdiqladi[9].

Albom chiqarilganida Hurry Up Tomorrow tarkibidan „Dancing in the Flames“ qoʻshigʻi chiqarib tashlanib, uning oʻrniga „Timeless“ albomning bosh singli sifatida qayta ishlanib kiritilgani ayon boʻldi[10]. Singlning muqovasida qirol Baldwin niqobini kiygan erkak tasviri mavjud boʻlib, ustida „Timeless“ yozuvi mavjud[11].

U shuningdek WWE WrestleMania 41 ning rasmiy qoʻshigʻi sifatida ham xizmat qilgan boʻlib, The Weekndning ushbu har yillik tadbirning rasmiy qoʻshigʻi boʻlib xizmat qilgan ketma-ket oltinchi trekiga aylandi[12].

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiqarilishi bilan „Timeless“ musiqiy tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan. Pitchfork nashridan Kieran Press-Reynolds qoʻshiqni „did bilan bajarilgan“ va „ortiqcha choklarsiz (silliq)“ tovushga ega deb maqtadi, qoʻshiqning asosiy qismi – „Ever since I was a jit, knew I was the shit“ni misol keltirib, uni „kosmik atmosferaga ega lounge musiqali va oson esda qoladigan qoʻshiq satrlariga ega“ qoʻshiq deb tavsiflagan[13][14]. Biroq, u qoʻshiqning „chuqur darajada ishlab chiqilgan“ prodyuserlik ishi va trekning taqdim etilish vaqtini tanqid qildi, shuningdek, qoʻshiq nomiga qaramay, ikkala ijodkor ham shuhratlari abadiy davom etmasligini tushunib yetganlarini taʼkidladi[14].

Qoʻshiq dastlab oʻrtacha muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, Hurry Up Tomorrow albomi chiqarilishi bilan uning mashhurligi, strimlari va sotuvlari soni ortdi. U Hindiston va Gretsiya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, Daniya, Avstriya, Kanada, Islandiya, Germaniya, Norvegiya, Polsha, Malayziya, Shveysariya va Yangi Zelandiyada oʻntalikka; Shvetsiya, Avstraliya, Fransiya, Vengriya, Yaponiya va Singapurda yigirmatalikka, Niderlandiyada oʻttizlikka, va Belgiya hamda Italiyada elliktalikka kirdi.

"Timeless"ning mukofot va nomzodliklari
Mukofot Yil Nominatsiya Natija Man.
MTV Video Music Awards 2025 Yil klipi Nominatsiya [15]
Yil qoʻshigʻi Nominatsiya
Yil R&B klipi Nominatsiya

Musiqiy klipi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqiy video singl chiqarilishidan ikki kun oldin eʼlon qilingan; klipdan olingan kadr The Weekndning Instagram sahifasiga joylashtirilgan[16]. Klipning oʻzi esa qoʻshiq chiqarilganidan uch kun oʻtib, The Weekndning YouTube kanalida taqdim etildi[17]. Video Gunner Stahl va LouieKnows tomonidan suratga olingan, ular ilgari Playboi Carti bilan tez-tez hamkorlik qilgan, prodyuserlikni Sands kompaniyasi amalga oshirgan[18]. Videoda ikkala musiqachi qorongʻu, qora rang bilan chala yoritilgan sahnada yosh ayollar bilan birga qoʻshiqni ijro qilayotgani tasvirlangan, qisqa muddatga esa avvalgi albom After Hours „Doʻzax“ (Ilohiy komediya asarining birinchi qismi) sifatida koʻrsatiladi.

Klip 2025-yilgi MTV Video Music Awards mukofotida „Yilning eng yaxshi klipi“ nominatsiyasiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

„Timeless“ (Remix)
Doechii ishtirokidagi The Weeknd va Playboi Carti singli
Chiqarilgan sanasi 2025-yil 9-may
Janr
  • trap
Davomiyligi 3:48
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Pharrell Williams
  • Ojivolta
  • Mike Dean
  • Twisco
  • BbyKobe
  • BL$$D
The Weeknd xronologiyasi
"Open Hearts"
(2025)
"Timeless" (Remix)
(2025)
Playboi Carti xronologiyasi
„Rather Lie“
(2025)
"Timeless" (Remix)
(2025)
Doechii xronologiyasi
„Anxiety“
(2025)
"Timeless" (Remix)
(2025)

„Timeless“ qoʻshigʻining remiksi, amerikalik repper Doechii ishtirokida, 2025-yil 9-mayda chiqarildi[19]. Ushbu remiks Hurry Up Tomorrow filmini targʻib qilish maqsadida taqdim etildi[20]. Remiksda The Weekndning ijrosi mavjud emas, faqat Playboi Cartining ovozi saqlangan[21].

Treklar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Digital / streaming single[22]
  1. „Timeless“ (with Playboi Carti) – 4:16
  • Digital / streaming single[23]
  1. „Timeless“ (with Playboi Carti) [Remix] – 3:48
  2. „Timeless“ (with Playboi Carti) – 4:16
  3. „Timeless“ (with Playboi Carti) (instrumental) – 4:16

Maʼlumotlar Tidaldan olingan[24].

  • The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi, klavishlar
  • Playboi Carti – vokal, qoʻshiq muallifi
  • Mike Dean – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi, miksing, sintezator, mastering, studiya xodimi
  • Ojivolta – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi
  • Pharrell Williams – prodyuser, qoʻshiq muallifi, miksing, studiya xodimi
  • Twisco – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi
  • Gozshu – qoʻshiq muallifi
  • Devon „Lawson“ Chisolm – qoʻshiq muallifi
  • Jarrod „Twisco“ Morgan – qoʻshiq muallifi
  • Kobe „BbyKobe“ Hood – qoʻshiq muallifi
  • Mark Williams (Oji) – qoʻshiq muallifi
  • Raul Cubina (Volta) – qoʻshiq muallifi
  • Tariq „BL$$D“ Sharrieff – qoʻshiq muallifi
  • Tommy Rush – miksing yordamchisi, studiya xodimi
  • Sage Skolfield – qoʻshimcha miksing ishlari, muhandis, studiya xodimi
  • Mike Larson – muhandis, studiya xodimi
  • Marcus Fritz – vokal miksingi, studiya xodimi

  1. „Hurry Up Tomorrow Vinyl Sequence and Credits“. The Weeknd. Qaraldi: 2025-yil 12-fevral.
  2. Mamo, Heran (June 2, 2023). „The Weeknd, Madonna & Playboi Carti Come Together on "Popular" Track: Stream It Now“. Billboard. December 13, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 26, 2024.
  3. 3,0 3,1 Williams, Aaron „The Weeknd Shared A Teaser Of "Timeless", His Ominous-Looking Collaboration With Playboi Carti“. Uproxx (2024-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  4. Ivey, Justin „Playboi Carti Fans On High Alert Over The Weeknd Tease“. AllHipHop (2024-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  5. Jones, Abby „Watch The Weeknd Debut New Songs With Playboi Carti & Anitta In São Paulo“. Stereogum (2024-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  6. Aswad, Jem „The Weeknd Brings Out Anitta and Playboi Carti, Premieres Several New Songs at Massive Concert in Brazil“. Variety (2024-yil 7-sentyabr). 2024-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  7. Kreps, Daniel (September 8, 2024). „See the Weeknd Debut Hurry Up Tomorrow Songs at Livestreamed Sao Paulo Show“. Rolling Stone. September 25, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 26, 2024.
  8. Mamo, Heran (September 25, 2024). „The Weeknd & Playboi Carti's "Timeless" Collab Is Coming Soon“. Billboard. Qaraldi: September 26, 2024.
  9. Andrews, Elias „The Weeknd Reveals Release Date For Playboi Carti Collab "Timeless"“. HotNewHipHop (2024-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  10. Lynch, Jessica (January 31, 2025). „Lana Del Rey Is a Hidden Feature on The Weeknd's 'Hurry Up Tomorrow'. Billboard. January 31, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 31, 2025.
  11. Andrews, Elias „The Weeknd And Playboi Carti Transcend With New Single "TIMELESS"“ (en). HotNewHipHop (2024-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 14-aprel.
  12. Rick Ucchino (March 28, 2025). „The Weeknd Keeps His WWE WrestleMania Streak Alive“. Sports Illustrated. Qaraldi: March 29, 2025.
  13. „The Weeknd and Playboi Carti's "Timeless" Song: Read the ...“ (en). Complex. Qaraldi: 2025-yil 14-aprel.
  14. 14,0 14,1 Press-Reynolds, Kieran „The Weeknd / Playboi Carti: "Timeless" Track Review“. Pitchfork (2024-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 4-mart.
  15. McIntyre, Hugh (5 August 2025). „Lady Gaga Leads 2025 MTV VMAs Nominations: See The Full List“. Forbes. 5 August 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5 August 2025.
  16. „The Weeknd Teases Upcoming Collaboration With Playboi Carti“. Hypebeast (2024-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  17. Saponara, Michael (September 30, 2024). „The Weeknd & Playboi Carti Throw a 'Timeless' Party & You're Not Invited: Watch the Gloomy Video“. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: September 30, 2024.
  18. The Weeknd – Timeless with Playboi Carti (Official Music Video).
  19. McIntyre, Hugh „Doechii Helps The Weeknd During A Tough Week“ (en). Forbes. Qaraldi: 2025-yil 27-may.
  20. Paul, Larisha (May 9, 2025). „The Weekend and Playboi Carti Rewind the Clock With Doechii on 'Timeless' Remix“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)). Qaraldi: May 27, 2025.
  21. Paul, Larisha (May 9, 2025). „The Weekend and Playboi Carti Rewind the Clock With Doechii on 'Timeless' Remix“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)). Qaraldi: May 27, 2025.
  22. „Timeless single“. Apple Music (2024-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-may.
  23. „Timeless (Remix)“. Apple Music (2025-yil 9-may). Qaraldi: 2025-yil 16-may.
  24. The Weeknd & Playboi Carti - Timeless (inglizcha), September 27, 2024, qaraldi: October 21, 2024
  25. "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
  26. "The Weeknd Chart History (Dance Mix/Show Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  27. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
  28. "The Weeknd Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2025-yil 22-mart.
  29. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2025-yil 1-mart.
  30. "The Weeknd Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 18-noyabr.
  31. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  32. „ARIA Top 40 Hip Hop/R&B Singles Chart“. Australian Recording Industry Association (2024-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  33. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  34. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" (fransuzcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2025-yil 9-fevral.
  35. „The Official MENA Chart | Weekly Chart – Week 20, 2025 – 09/05 to 15/05/2025“ (en). The Official MENA Chart. International Federation of the Phonographic Industry. Qaraldi: 2025-yil 10-iyun.
  36. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  37. "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  38. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". Tracklisten. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  39. "The Weeknd: Timeless (with Playboi Carti)" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
  40. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2025-yil 10-fevral.
  41. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  42. "The Weeknd Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
  43. „IFPI Charts“. www.ifpi.gr. 2024-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  44. „IMI International Top 20 Singles for week ending 7th October 2024 | Week 40 of 52“. IMIcharts. 2024-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  45. "Official Irish Singles Chart Top 50". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  46. „Tónlistinn – Lög: Streymi, spilun og sala viku 6. Birt 8. febrúar 2025 – Næst uppfært 15. febrúar 2025.“ (is). Plötutíðindi. 2025-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 8-fevral.
  47. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" Canciones Top 50. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
  48. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". Top Digital Download. Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  49. „TOP RELEASE OF THE WEEK:LOCAL & INTL STREAMING“. The Official South African Charts. Recording Industry of South Africa. 2025-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
  50. „Download Chart – Week 39 of 2024“ (ko). Circle Chart. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  51. „Canada CHR Airplay − Week of February 15, 2025“. Billboard. Qaraldi: March 9, 2025.
  52. "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2025-yil 13-aprel.
  53. „Straumēšanas TOP 2024 – 40. nedēļa“ [Streaming TOP 2024 – Week 40] (lv). LaIPA (2024-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  54. „OLT20 – Combined Chart – Week of Sunday January 14th, 2025“. The Official Lebanese Top 20. Qaraldi: 2025-yil 15-yanvar.
  55. „2024 40-os savaitės klausomiausi (Top 100)“ (lt). AGATA (2024-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  56. „The Weeknd Chart History (Luxembourg Songs)“. Billboard. Qaraldi: October 8, 2024.
  57. „The Weeknd Chart History (Malaysia Songs)“. Billboard. Qaraldi: October 8, 2024.
  58. „TOP 20 Most Streamed International Singles In Malaysia Week 6 (31/1/2025-6/2/2025)“. RIM (2025-yil 15-fevral). Qaraldi: 2025-yil 15-fevral.
  59. „The Official MENA Chart | Weekly Chart – Week 20, 2025 – 09/05 to 15/05/2025“ (en). The Official MENA Chart. International Federation of the Phonographic Industry. Qaraldi: 2025-yil 10-iyun.
  60. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  61. „TurnTable Nigeria Top 100: March 14th, 2025 – March 20th, 2025“. TurnTable. March 25, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 25, 2025.
  62. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". VG-lista. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  63. „OLiS – oficjalna lista sprzedaży – single w streamie“ (pl). OLiS. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  64. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  65. „The Weeknd Chart History (Romania Songs)“. Billboard. Qaraldi: October 1, 2024.
  66. „The Official MENA Chart | Weekly Chart – Week 20, 2025 – 09/05 to 15/05/2025“ (en). The Official MENA Chart. International Federation of the Phonographic Industry. Qaraldi: 2025-yil 10-iyun.
  67. „RIAS Top Charts Week 40 (27 Sep - 3 Oct 2024)“. RIAS. RIAS. 2024-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
  68. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 202440 into search. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  69. @RadiomonitorTR. „Radiomonitor Türkiye Uluslararası Listesi 7. Hafta Top10“ [Radiomonitor Turkey International Chart Week 7 Top10] (tr) (2025-yil 14-fevral). Qaraldi: 2025-yil 23-fevral.
  70. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2025-yil 12-fevral.
  71. „The Weeknd Chart History (Croatia Songs)“. Billboard. Qaraldi: October 8, 2024.
  72. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". Top 40 Singles. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  73. „Billboard Japan Hot Overseas – Week of October 16, 2024“ (ja). Billboard Japan. Qaraldi: 2024-yil 16-oktyabr.
  74. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". Singles Top 100. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  75. "The Weeknd / Playboi Carti – Timeless". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  76. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 202440 into search. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  77. „Hot R&B/Hip-Hop Songs – Year-End 2024“. Billboard. Qaraldi: December 15, 2024.
  78. „ARIA Top 50 Hip Hop/R&B Singles for 2024“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2025-yil 14-yanvar.
  79. „Schweizer Jahreshitparade 2024“ (de). hitparade.ch. Qaraldi: 2024-yil 30-dekabr.