Timor
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 30 777 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 2963[1] m. |
| Eng baland nuqtasi | Tatamailau[1] |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Indoneziya va Sharqiy Timor |
| Mintaqa | Indoneziya[2] |
| Demografiya | |
| Aholisi | 3 368 735[3][4] |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Timor — Malay arxipelagidagi Kichik Zond orollari guruhiga mansub eng katta orol. Maydoni 34 ming km². Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 2963 m. Balchiqli vulqonlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Sohilida harorat yil davomida 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Savanna va tropik oʻrmonlar bor. Qahva, kokos palmalari, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Sholi, makkajoʻxori ekiladi.
T. siyosiy jihatdan 2 qism: (Sharqiy Timor (Timor Lorosaye) va Gʻarbiy Timorga (Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengera provinsiyasi tarkibida) boʻlinadi. T.ni 1520-yilda portugallar egallagan. 1613-yildan uning sharqiy qismi gollandlar qoʻl osti ga oʻtdi. 1812—15 yillarda T.da inglizlar hukmronlik qilgan. 1860 va 1893-yillardagi shartnomalarga asosan, Sharqiy T. (Portugaliya) va Gʻarbiy T. (Niderlandiya) oʻrtasidagi chegara uzil-kesil oʻrnatilgan. 1945-yilda Gʻarbiy T. Indoneziya tarkibiga kirdi. 1975-yilda Indoneziya Sharqiy T.ni ham egalladi va 1976-yildan Indoneziyaning 27 provinsiyasi maqomini oldi. Chorak asr davom etgan ozodlik uchun kurashdan soʻng 2002-yil Sharqiy T. mustaqillikka erishdi (qarang Sharqiy Timor).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ — С. 19.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)