Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Isʼhoq ibn Ibrohim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Isʼhoq ibn Ibrohim
Bagʻdod xavfsizlik xizmati (shurta) boshligʻi
Mansab davri
850 – 851
Monarx Al-Mutavakkil
Oʻtmishdoshi Isʼhoq ibn Ibrohim
Vorisi Isʼhoq ibn Ibrohim al-Musʼabiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 851

Muhammad ibn Isʼhoq ibn Ibrohim (arabcha: محمد بن إسحاق بن إبراهيم‎, 851-yil iyunda vafot etgan) 850-yildan to vafotiga qadar Bagʻdod xvfsizligining Musʼabiy boshligʻi boʻlgan.

Muhammad Tohiriylar xonadonining yon tarmogʻiga mansub boʻlib, 822—850-yillarda Bagʻdod xavfsizlik xizmati (shurta) boshligʻi lavozimida ishlagan Isʼhoq ibn Ibrohim al-Musʼabiyning oʻgʻli edi. Muhammad otasining hayotligida Samarradagi xalifa saroyiga yuborilgan boʻlib, u yerda markaziy hukumat xizmatiga kirgan va Isʼhoqning vakili boʻlgan[1].

850-yil iyulda Is’hoq vafot etgach, Muhammad uning oʻrnini egallab, Bagʻdod xavfsizlik xizmati boshligʻi boʻldi. Shu bilan birga, Is’hoqning omborlaridagi qimmatbaho buyumlarni xalifa al-Mutavakkil hamda uning vorislari al-Muntasir va al-Mu’tazzga topshirish orqali, ularning marhamatiga sazovor boʻlgan. Buning evaziga al-Yamama, al-Bahrayn, Misr va Makka yoʻli ustidan nazorat qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Fors viloyatini ham qoʻlga kiritgan. Biroq, bu tayinlov oʻsha viloyat noibi, amakisi Muhammad ibn Ibrohim al-Mus’abiy bilan munosabatlarni tartibga solishga majbur qilgan. Amakisi unga nisbatan dushmanlik kayfiyatini namoyon etgan. Bunga javoban, Muhammad amakisini noiblikdan chetlatib, oʻldirilishini taʼminlagan. Fors viloyatini boshqarish uchun amakivachchasi al-Husayn ibn Ismoil al-Musʼabiyni tayinlagan[2].

Muhammad 851-yil iyun oyida vafot etgach, uning Bagʻdod va Savaddagi lavozimlariga Abdulloh ibn Isʼhoq ibn Ibrohim tayinlangan[3].

  1. Daniel 2015; Kraemer 1989, ss. 107–08. The latter adds that Ishaq’s decision to send Muhammad to Samarra was prompted by his sonʼs insatiable gluttony, causing him to decide that „[my] money will not suffice to feed [Muhammad’s] belly“ and that the caliph „can better afford to support [Muhammad] than I.“
  2. Daniel 2015; Kraemer 1989, ss. 105, 107–09; Al-Ya'qubi 1883, ss. 595–96.
  3. Kraemer 1989, ss. 110, 116; Al-Ya'qubi 1883, s. 596.
Oʻtmishdoshi:
Isʼhoq ibn Ibrohim al-Musʼabiy
Bagʻdodning Musʼabiy noibi
850—851
Vorisi:
Abdulloh ibn Isʼhoq ibn Ibrohim